{info}
M&TVA-2011: G'oliblar aniqlandi!
[
· Скачать удаленно ()
]
| 30.12.2011, 03:48 |
Eng yaxshilar nomini bilish vaqti keldi!
- Demak M&TVA-2011 marosimi start oldi va endi Yilning eng yaxshilarini aniqlashdan avval bir oz musiqiy chiqishdan baxra.
- Hozirgina eng birinchi yilning eng yaxshisi aniqlandi. U ham bo'lsa radiboshlovchilardan. Oriat Dono radiosi boshlovchisi Akmal Mirzo.
- Navbat Eng yaxshi teleboshlovchilarni tanlashga keldi. Demak u ham bo'lsa O'zbekiston telekanali boshlovchilaridan biri Rihsitilla Abdullayev bo'ldi.
- Hozir eng yaxshi teledizayn aniqlandi. Unda Forum TV kanalining "Fotonigoh" dasturi eng yaxshi ekanligini isbotladi.
- Menimcha marosim qizigandan-qizib bormoqda. Sababi musiqiy chiqishlar aynan keyingi nominatsiya qaysi yo'nalishda bo'lishiga oydinlik kiritayotgandek. Haqiqatda ham eng qiziqarli va o'ziga tortar kutilmagan holatlar endi yaqinlashmoqda.
- Yilning eng yaxshi teleloyihasida NTT telekanalida faoliyat olib boruvchi Feruza Nodirovaning "25-kadr" dasturi eng yaxshi deb topildi. Feruza Nodirova juda katta hayajonda.
- Yilning eng yaxshi klipi deb Sardor Rahimxon tomonidan ijro etilgan "Nima uchun" taronasiga Narimon Sultonxo'jayev tomonidan olingan videoklip munosib deb topildi.
- Hozirgina Dilnoza Kubayeva hamda Javohir Zokirovlar saxnaga chiqgancha yilning eng yaxshi erkak va ayol aktyorlarini aniqlashni tezlashtirib berishdi.
- Eng yaxshi rejisserni aniqlamoqdamiz. Demak eng yaxshi rejisser, "Uylanish", "Qorako'z" va ko'plab filmlar rejisseri Jahongir Ahmedov deb topildi.
- Yilning eng yaxshi filmi deb esa "Andijonlik mehmon" filmi munosib deb topildi.
- Filmlarni aniqlagandan so'ng albatta soundtreklar ham birga bo'lsin deganidek, yilning eng yaxshi soundtreki Dineyra ijrosidagi "Visol" filmi uchun maxsus kuylangan soundtrekga berildi.
- Eng yaxshi ayol xonanda deb latofatli Lola munosib deb topildi. Haqiqatda ushbu o'ringa Lola bu yil katta mexnat evaziga munosib bo'ldi.
- Buyog'iga ko'pi ketib, ozi qoldi. Davom etamiz...
- Ishonasizmi yo'qmi, lekin bu yilgi eng yaxshi erkak xonanda, qizlarimizning yoqimtoyi, "Zo'rsan" va "Chorla" kabi bu yil taronalari juda ham HIT bo'lgan xonanda Shohruhxon deb topildi. QOIL... O'zi ham 4 yil deganda Shohruhxon ushbu g'oliblikni vanihoyat qo'lga kiritdi.
- Nafaqat taronalar bastalovchi, balki o'zi ham so'nggi paytlarda yaxshi kuylayotgan bastakor, "Ey yor, jonim humor" deya kuylagan Sarvar Rahmatxo'jayev Eng yaxshi bastakor nomiga munosib bo'ldi.
- Ana endi Eng yaxshi guruh aniqlanmoqda...
- Iste'dodli va taniqli bo'lishga ulgurgan Eng yaxshi guruh nomini "Zarba" guruhi zarb bilan oldi desak mubolag'a bo'lmaydi.
- Yilning eng yaxshi qo'shig'i deb esa estradaga yaqindagina qadam qo'ygan va shu ondayoq o'z muhlislariga ega bo'lgan Bahtiyor Rahmonovning "Quyosh porlamoq uchun" deya nom olgan mayus taronasi munosib ko'rildi.
- Yil kashfiyoti sifatida esa "Sahro" guruhini haqiqiy kashfiyot sifatida baholashdi.
- O'zbek madaniyat va san'atiga qo'shgan munosib hissasi uchun fahriy mukofot bilan O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan Po'lat Saidqosimov taqdirlandi.
- Demak, agar adashmasak, eng so'nggi nominatsiya bo'yicha g'oliblikni aniqlash qoldi. UNga qadar esa musiqiy chekinish.
- Eng so'nggi nominatsiya ham mana aniqlandi. Demak Yilning eng yaxshi shousi deya "Oltin Gepard" xalqaro Toshlent kinoforumi yopilish marosimi munosib deb baholandi.
|
Категория: Shou | Добавил: Admin
|
Просмотров: 991 | Загрузок: 326
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|